10:41 / 20.06.2015
16454

92 yoshli chililik ayolning ichida 50 yillik homila borligi aniqlandi

Chililik shifokorlar 92 yoshli chililik ayolning qorni ichida myomiyolanib qolgan 50 yillik homila borligini aniqlashdi, deb xabar bermoqda La Tercera nashri.

Keksa ayol San-Antonio shahridagi shifoxonalardan biriga yiqilib tushgandan keyin qorin sohasidagi og‘riqlar bilan murojaat etdi. Shifokor ayolni rentgen qilib, unda homila borligini aniqladi. Shifokorlar tug‘ilmagan bola 30 haftalik va ayol unga 50 yil oldin homilador bo‘lganini aniqlashdi.

Ayol o‘zining homiladorligidan bexabar bo‘lgan, homila esa qandaydir sabablarga ko‘ra nobud bo‘lib, mo‘miyolashib qolgan va shuning uchun ayolga uncha ham muammo tug‘dirmagan. Shifokorlar ayolni tekshirish yakunlariga ko‘ra, homilani olib tashlash keksa yoshli ayolning hayotiga xavf tug‘dirishi mumkinligini hisobga olib, uni joyida qoldirishga qaror qilishdi. Hozir ayol o‘zini yaxshi his qilmoqda va uyda davolanishga o‘tkazildi.

Top