09:19 / 20.06.2015
1851

Charlstonlik qotil universitetda ham otishma uyushtirishni rejalashtirgani aniqlandi

AQShning Charlston shahridagi cherkovda 9 kishini o‘ldirgan qotil o‘z ishini shahar kollejida davom ettirishni rejalashtirgan edi. Bu tergov davomida ma'lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli Dilan Ruf cherkovga kirib, u yerda o‘tirgan odamlarga qarata ot o‘t ochgan. Natijada 9 kishi halok bo‘lgan. Bir necha kundan so‘ng qotil qo‘lga olindi.
Tergov jarayonida aniqlanishicha, 10 iyun kuni do‘stlari bilan suhbat chog‘ida Ruf Charlstonning kollejining kampusida ommaviy qotillik uyushtirmoqchi ekanligini aytgan. Buni eshitgan do‘stlari uning qurolini tortib olgan, lekin keyinchalik qaytarib bergan.
Ruf o‘z aybiga iqror bo‘ldi.

Top