12:31 / 20.06.2015
3484

Chilonzordagi noqonuniy sexda ishlab chiqarilgan lavashdan oshqozon-ichak kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar topildi

Toshkentning Chilonzor tumanidagi xonadonlardan birida noqonuniy qadoqlash sexi faoliyat yuritayotgani aniqlandi. “Huquq” gazetasida chop etilgan materialdan ma'lum bo‘lishicha, sex egasi Naima Mamamtova sanitariya talablariga javob bermaydigan holda lavash ishlab chiqargan. 2013 yilning noyabr oyidan boshlab u o‘z mahsulotidan 30 mln so‘mlik nazorat qilinmaydigan daromad topgan.
Tsexda ishlab chiqarilgan lavash tarkibi tekshirilganda, uning tarkibida oshqozon-ichak kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi bakteriya borligi aniqlangan.

Top