11:57 / 20.06.2015
4680

Krasroyarskda g‘oyib bo‘lib qolgan samolyot topildi

Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida yo‘qolib qolgan, bortida 9 yo‘lovchisi bor AN-2 samolyoti topildi. Bu haqda favqulodda vaziyatlar vazirligi sayti orqali xabar qilindi.
Samolyot qidiruvga jalb qilingan Mi-8 vertolyoti yordamida Kejyemsk tumani hududida topilgan. Aniqlanishicha, u majburiy qo‘nishni amalga oshirgan, bortdagilardan hech kim zarar ko‘rmagan.
Vertolyot yo‘lovchilardan 4 nafarini Kodinsk shahriga evakuatsiya qildi.
Eslatib o‘tamiz, Krasnoyar o‘lkasida bortida 9 yo‘lovchisi bo‘lgan An-2 samolyoti yo‘qolib qolgan edi. Samolyot bilan aloqa shanba kuni mahalliy vaqt bilan 16:00da uzilgan.
Qidiruv ishlariga 90 kishi jalb qilingan, operativ shtab tashkil qilingan.

Top