16:39 / 20.06.2015
4760

Munojot Yo‘lchiyeva: mening qo‘shig‘im keksa inglizni oyoqqa turg‘azgan

Taniqli xonanda Munojot Yo‘lchiyeva “O‘zbekiston” axborot agentligiga bergan intervyusida uning kuylagan qo‘shig‘i angliyalik keksa xastani oyoqqa turg‘azgani haqida aytib berdi.
Angliyadagi konsertlardan birida xonanda oldingi qatordagi erkak uni diqqat bilan tinglayotganini ko‘rgan. Kontsertdan so‘ng u Yo‘lchiyevaning oldiga borib, o‘z minnatdorchiligini bildirgan.
“U uzoq muxlat to‘shakka mixlanib yotgan ekan. Bir kuni do‘stlari unga mening diskimni sovg‘a qilishibdi. U “Ushshoq”qa maftun bo‘lib qolib, qo‘shiqning tarjimasini qildiribdi va har kuni eshitibdi. U ko‘zida yosh bilan mumtoz musiqasi uni oyoqqa turg‘azganini, bugun u birinchi marta mustaqil ravishda o‘z oyoqlari bilan ko‘chaga chiqqanini aytdi”, – hikoya qilib berdi xonanda.

Top