09:50 / 20.06.2015
3181

Putin: Rossiya 2018 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish huquqini haqqoniy qo‘lga kiritdi

Rossiya futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish huquqini halol bahsda qo‘lga kiritdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yetakchi jahon axborot agentligi rahbarlari bilan Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi.
“Biz haqqoniy kurashdik, biz bunga erishdik. Bu qaror o‘zgarishi mumkin deb o‘ylamayman”, – uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.
“Biz musobaqani o‘tkazishga tayyor edik, va FIFA buni ko‘rdi. Stadionlar qurilishi boshlandi”, – qo‘shimcha qildi u.

Top