10:00 / 20.06.2015
1486

Qozog‘iston Xitoy bojxonasi bilan ma'lumotlarni elektron almashish tizimini joriy qildi

Qozog‘iston Xitoy bojxonasi bilan ma'lumotlarni elektron almashish tizimini joriy qildi, deb Qozog‘iston Moliya vazirligi Davlat daromadlari qo‘mitasi raisi Daulet Yergojinga iqtibos keltirgan holda Tengrinews.kz portali xabar bermoqda.

“Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari (Xitoydan mahsulot olib keladiganlar) uchun ajoyib yangilik! Davlat daromadlari qo‘mitasi va Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi ma'lumotlar bilan elektron almashish tizimini yo‘lga qo‘ydi. Endi biz xitoylik hamkasblarimiz nima yuborganlarini – hajm, narx, kim va qayerga olib ketayotgani haqidagi ma'lumotlarni elektron ko‘rinishda ko‘ra olamiz”, deb aytmoqda Yergojin.

“Umid qilamanki, biz statistikani tartibga sola olamiz hamda kontrabanda va shunga o‘xshash qoidabuzarliklarga to‘siq qo‘ya olamiz”, deb qo‘shimcha qildi Yergojin.

Top