13:55 / 20.06.2015
4435

Spiegel: Shreder maxfiy ravishda Qozog‘istondan pul olib turgan

Germaniyaning Der Spiegel gazetasi qo‘lga kiritgan ma'lumotlarga qaraganda, mamlakatning sobiq kansleri Gerxard Shreder maxfiy ravishda Qozog‘istondan pul olib turgan.

Ta'kidlanishicha, Shreder bu pullarni Qozog‘iston imiji ustida olib borgan ishlari uchun olgan. Bu haqda Venadagi Lansky, Ganzger + Partner advokatlik kontorasi xodimlarining Independent International Advisory Council tashkilotining qozog‘istonlik maslahatchilar bilan hamkorligi borasida olib borilgan yozishmalaridan ma'lum bo‘lgan. Shreder ushbu tashkilotning a'zosi hisoblanadi.

Shrederning ismi gonorar haqidagi rasmiy hisobotlarga kiritilmagan, ammo, shunga qaramay, u pullarni olgani iddao qilinmoqda. Ilgari sobiq kansler tashkilotdan gonorar olgani haqidagi ma'lumotlarni bir necha bor inkor qilgan edi.

Top