10:54 / 21.06.2015
4080

Alisher Usmonov Nobel sovrindori Jyeyms Uotsonga unga tegishli mukofotni qaytarib berdi

USM Holdings asoschisi milliarder Alisher Usmonov og‘ir moliyaviy ahvoli tufayli Nobel medalini sotishga majbur bo‘lgan Nobel sovrindori, biolog Jyeyms Uotsonga unga tegishli mukofotni qaytarib berdi. Bu haqda “Russian Today” telekanali xabar bermoqda.
Usmonov ushbu medal uchun 4,1 mln dollar to‘ladi. Uotson bu pullarning bir qismini ilmiy-tadqiqot markazlari hisobiga o‘tkazmoqchi.
“Universitetlar menga stipendiyalar taqdim qilishardi, menda grantlar bor edi, ular evaziga men kitoblar va ilmiy ishlar yoza olardim. Shuning uchun menga berilgan bu pullarni qolganlar ham moliyaviy ko‘mak olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun ortga qaytaraman”, deb ta'kidlamoqda biolog olim.
Avvalroq Usmonov Uotsonga unga tegishli Nobel medalini olim Rossiya Fanlar akademiyasida ma'ruza o‘qib bo‘lishi bilan berishi ma'lum qilingandi.
Uotson DNKning ikki spiralini kashf qilgani uchun 1962 yili ushbu medal bilan taqdirlangan edi.

Top