22:38 / 21.06.2015
2578

Apple yangi kompozit material uchun patent oldi

Apple kompaniyasi muhandislari yangi kompozit material ishlab chiqishdi. U uskunalarning tashqi ko‘rinishini saqlab qolib, ayni paytda korpusning butunligini buzadigan plastik qo‘shimchalarni bartaraf qiladi. Navbatdagi patentning ro‘yxatga olinishi haqida iClarified nashri xabar bermoqda.
Yangi material asosida ishlab chiqariladigan kompozit korpuslar yaxlitlik tasavvurini uyg‘otadi. Alyuminiy korpuslardan farqli ravishda, ular telefonga o‘rnatilgan antennalarning signallarini o‘tkazadi va uskunaning Wi-Fi, Bluetooth tarmoqlaridagi ishiga xalaqit bermaydi.
Yangi patent qachon qo‘llanishi haqida axborot berilmadi.

Top