14:03 / 21.06.2015
5385

Ayirmachilar Saudiya Arabistoni janubidagi harbiy bazani bosib olishdi

“Ahror an-Najron” harakati jangarilari Saudiya Arabistoni janubida joylashgan harbiy bazani bosib olishdi, deb xabar bermoqda Eronning FARS agentligi.
Yaman bilan chegaradosh Saudiya Arabistonining Najron viloyati qabilalari qo‘shinlari harbiylashtirilgan otryadlar shakllantirib, Saudiya Arabistoni hukumatiga bo‘ysunmasliklarini e'lon qilishdi.
“Ahror an-Najron” harakati jangarilari arab koalitsiyasi kuchlariga qarshi kurashda Yaman harbiylashtirilgan tuzilmalariga qo‘shilishlari istagini e'lon qildilar.
Ayirmachilar Najron viloyati janubidagi Al-Mashaliy tumanida joylashgan harbiy bazani bosib oldilar.
Ma'lum qilinishicha, to‘qnashuvlar oqibatida Saudiya Arabistoni armiyasining bir nechta harbiysi halok bo‘lgan.
Avvalroq xusiychilar Rossiya hukumati va Saudiya Arabistoni o‘rtasida qurol-aslaha yetkazish bo‘yicha bitim tuzilgani haqidagi mish-mishlar tarqalgani tufayli Moskvadagi maslahatlashuvlarga o‘z delegatsiyasini yuborishdan bosh tortganlari ma'lum qilingandi.

Top