15:02 / 21.06.2015
2942

YeXHT: Donbassda hali ham og‘ir qurollar qo‘llanmoqda

Ukraina sharqidagi ixtilof hududidan og‘ir qurollarni olib chiqib ketish hali yakunlanangani yo‘q. Bu xulosa Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti missiyasining hisobotida aks etgan.
“Og‘ir qurollarni olib chiqish ishlari yakunlangani haqida aytilganiga qaramay, matbuot vakillari ixtilof hududida quyidagi harbiy birliklarni qayd qildilar: Shaxtyorsk orqali yuk mashinalarida ikkita T-72 tanki g‘arbga olib o‘tilgan, Zugres orqali 11 dona T-72 tanki va 4 zirhli mashina sharqqa olib o‘tilgan”, – deyiladi hujjat matnida.
Shuningdek, ta'kidlanishicha, nazorat droni Donetskdan janubdagi Komsomolskoye shahrida 10ta tank va 27ta zirhli mashinani, Vasilevsk shahrining janubi-g‘arbida esa 4 dona o‘ziyurar artilleriya birligini qayd qilgan. Shirokino qishlog‘ida portlashlar sodir etilgan.
19 iyun kuni peshindan so‘ng ixtilof hududida to‘rt yarim soat ichida 144 portlash kuzatilgan. 113 marta o‘t ochishni to‘xtatish tartibi buzilgan.

Top