11:53 / 21.06.2015
1828

Hindistonda qalbaki spirtli ichimlikdan 80 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Hindistonda qalbaki spirtli ichimlik iste'mol qilishdan zaharlanish qurbonlari 83 nafarga yetdi. Oxirgi sutkada 60 ga yaqin qishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda NDTV telekanali.
Ko‘ngilsiz voqea Mumbay yaqinidagi qishloqlardan birida sodir bo‘ldi.
17 iyunga o‘tar kechasi mahalliy aholi spirtli ichimliklar sotiladigan do‘kondan ushbu qalbaki ichimlikni sotib olganlar. Ertasi kuni, 18 iyunda ular qorin sohasidagi kuchli og‘riq va ko‘ngil aynash shikoyati bilan shifoxonaga yetkazilganlar. Dastlabki kuni 20 kishi halok bo‘lgan.
Qolgan jabrlanuvchilar og‘ir ahvolda qolmoqda, shifokorlar ularning hayotlari uchun kurashmoqdalar. Sifatsiz spirtli ichimlikni qancha odam iste'mol qilganini aniqlashning imkoni bo‘lmagan. Ayni damda shifoxonalarga hanuzgacha zaharlanishga uchragan bemorlar keltirilmoqda.
Politsiya ushbu voqea yuzasidan 3 kishini hibsga oldi. Ularga ataylab qilinmagan qotillik va noqonuniy savdo-sotiq bo‘yicha ayblovlar qo‘yildi. Bu voqea Mumbayda sifatsiz spirtli ichimlik iste'mol qilish oqibatida bunday katta miqdorda zaharlanish ro‘y berayotgan birinchi hodisa emas. 2004 yilda sifatsiz spirtli ichimlik iste'mol qilish oqibatida 89 kishi halok bo‘lgan.

Top