23:34 / 21.06.2015
3033

Irkutsk shahrida yirik savdo markazi yonmoqda

Irkutsk shahrida yirik “Avalon” savdo markazi yonmoqda. Bu haqda viloyat bo‘yicha favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarmasi matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayni paytda savdo markazi binosidan 60 kishi evakuatsiya qilingan.
Yong‘inni o‘chirishga 25 ta texnika birligi va 70 dan ziyodroq o‘t o‘chiruvchi jalb qilingan. O‘t o‘chirish poyezdi kelishi kutilmoqda.

Savdo markazi binosi qulashi mumkinligi aytilmoqda. O‘t o‘chiruvchilar bino ichkarisidan olib chiqilib, faqatgina tashqarida ishlashmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in binoning 600 kv metr keladigan oziq-ovqat saqlanadigan omborxonasida chiqqan. Omborxona 4,5 ming kv metr maydonga ega savdo markaziga qo‘shimcha bino sifatida qurilgan bo‘lgan.

Hozirda 2,5 ming kv metr maydondagi yong‘in o‘chirilgani aytilmoqda.

Top