11:08 / 21.06.2015
3808

O‘zbekistonda oliy ta'lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilish komissiyalari o‘z ishini boshladi

2015 yilning 20 iyunidan O‘zbekistonning barcha oliy ta'lim muassasalarida qabul komissiyalari o‘z ishini boshladi.
O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus vazirligida ma'lum qilinganidek, hujjatlarni qabul qilish 20 iyulgacha davom etadi.
Komissiyalar soat 09:00 dan 18:00 gacha ishlaydi. O‘qishga kirmoqchi bo‘lgan abituriyent qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshirishi kerak:
- oliy ta'lim muassasasi rektori nomiga ta'lim yo‘nalishi, tili va o‘qish shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
- o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limini bitirganlik haqidagi guvohnomaning asli;
- 086/U shaklidagi tibbiy ma'lumotnoma;
- pasport nusxasi;
- 3,5×4,5 sm o‘lchamdagi 6 ta fotosurat;
- abituriyentning tanlovdan tashqari asosda o‘qishga qirish huquqini tasdiqlovchi xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlov va musobaqalar g‘olibi bo‘lgani haqidagi hujjatning asl nusxasi;
- muddatli harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentga harbiy qismdan uning o‘qishga kirishiga berilgan tavsiyanoma.
Pasport va harbiy majburiyat haqidagi hujjat shaxsan abituriyent tomonidan taqdim qilinadi.
Qabul komissiya yuqoridagi hujjatlarning barchasi mavjud bo‘lganda abituriyentni o‘qishga qabul qilishdan bosh torta olmaydi.
Abituriyentlar imtihonlarni oliy ta'lim muassasasida tahsil oladigan tillarida topshiradilar. Test sinovlari 1 avgustda bo‘lib o‘tadi.

Top