18:24 / 21.06.2015
6051

"Paxtakor" - "Mash'al" uchrashuvida tomoshabinlar soni bo‘yicha antirekord qayd etildi

Kecha futbol bo‘yicha O‘zbekiston oliy ligasining 13-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Paxtakor" - "Mash'al" uchrashuvida tomoshabinlar soni bo‘yicha antirekord qayd qilindi, deb xabar bermoqda Championat.asia.
PFL sayti bergan ma'lumotga ko‘ra, o‘yinni tomosha qilish uchun "Paxtakor" stadioniga 786 nafar tomoshabin tashrif buyurgan. Bu natija 2015 yildagi eng yomon ko‘rsatkich bo‘ldi. Bunga qadar antirekord 12-turdan o‘rin olgan "Metallurg" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvida qayd etilgandi – 893 tomoshabin.
Eng ko‘p tomoshabin esa 10-turdan o‘rin olgan "Neftchi" - "Nasaf" o‘yiniga kelgandi - 17143.

Top