17:16 / 21.06.2015
1809

Xitoy va Yaponiya eksport-import masalasida muzokaralar olib bormoqda

Pekin va Tokio Yaponiya tovarlarini import qilishga o‘rnatilgan cheklovlarni bekor qilish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
2011 yil martida sodir bo‘lgan “Fukusima” avariyasidan so‘ng Yaponiyaning ayrim prefekturalaridan Xitoyga mol olib kirish taqiqlab qo‘yilgan edi. Bular qatoriga Fukusima, Ibaraki, Miyagi, Nagano, Yamagata, Gumma va Niigata viloyatlari kiradi. Endilikda bu cheklovlarni bekor qilish haqida gap ketmoqda.
Kyodo agentligining xabar qilishicha, muzokaralar Pekinda bo‘lib o‘tmoqda. Unda Yaponiya tomonidan qishloq xo‘jaligi, o‘rmonchilik va baliqchilik vazirligi vakili ishtirok etmoqda.

Top