12:56 / 22.06.2015
2693

Abramovich Chexga minnatdorchilik ramzi sifatida 4 mln funt bergani xabar qilindi

"Chelsi" jamoasi xo‘jayini Roman Abramovich jamoada 11 yillik faoliyatini yakunlab, "Arsenal"ga yo‘l olgan Piter Chexga minnatdorchilik sifatida 4 mln funt miqdoridagi mukofot taqdim etgan. Bu haqda Sunday People xabar qilgan.

Chexiyalik ushbu darvozabonning "nafaqaxo‘rlar" bilan yana bir yil davom etadigan shartnomasi bor edi. Ammo u jamoaning asosiy tarkibidagi o‘rnini Tibo Kurtuaga boy bergach, o‘ziga boshqa jamoa topishga ahd qildi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, u Londonning boshqa bir jamoasi "Arsenal"ga 10 mln funt evaziga transfer qilingan. Endilikda jamoa va darvozabon o‘rtasidagi shaxsiy shartnomaning bandlari e'lon qilinishi kutilmoqda.

Top