14:28 / 22.06.2015
2106

Afg‘oniston parlamentiga hujum qilgan 7 nafar jangari yo‘q qilindi

Kobulda parlament binosi oldida sodir etilgan qo‘poruvchilik harakatida aybdor deb hisoblangan “Tolibon”ning 7 nafar a'zosi yo‘q qilindi. Bu haqda mudofaa vazirligi vakili Siddiq Siddiqiyga tayangan holda Tolo News agentligi xabar bermoqda.
Hujum mahalliy vaqt bilan 10:20da Dorulomon mahallasida amalga oshirilgan. Volusi jirg‘a (quyi palata) binosi oldida portlash sodir etilgan. Keyingi 30 daqiqa ichida yana 9ta portlash amalga oshirilgan. Bu paytda jangarilar binoga hujum qilishgan, ammo qo‘riqlash xizmati ularga qarshilik ko‘rsatgan. Bu paytda voqea joyiga maxsus qismlar yetib kelib, jangarilarni yo‘q qilgan.
Barcha parlamentariylar va tinch aholi vakillari binodan va mahalladan olib chiqib ketilgan. Otishma chog‘ida 21 kishi yaralangan, ular ichida 5 nafari ayol, 3 nafari bolalardir.

Top