15:49 / 22.06.2015
2022

AQShning O‘zbekistondagi elchisi feysbukda foydalanuvchilarning savollariga onlayn tarzda javob beradi

2015 yil 24 iyun, chorshanba kuni soat 16:00dan 17:00ga qadar AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi onlayn chatda Amerika an'analari bo‘yicha savollarga javob qaytaradi. Bu haqda AQSh elchixonasining Facebookdagi sahifasida xabar qoldirilgan.

Xabarda yozilishicha, elchi bitta foydalanuvchining faqat bitta savoligagina javob beradi. Shuningdek u vizani rasmiylashtirish bo‘yicha savollarga javob bermaydi.

Elchiga hozirning o‘zidayoq savollar bilan murojaat qilish mumkin. Biroq elchi savollarga yuqorida ko‘rsatilgan vaqtda javob qaytaradi. Savollar rus va ingliz tilida qabul qilinadi.

Savol-javob so‘ngida elchi eng yaxshi uchta savolni aniqlaydi va savol mualliflariga sovg‘alar va elchi xonim bilan birga suratga tushish imkoniyati taqdim etiladi, deyiladi xabarda.

Top