21:41 / 22.06.2015
1948

Berlinda hibsga olingan Al Jazeera telekanali muxbiri ozod etildi

Berlin aeroportida hibsga olingan Al Jazeera telekanali muxbiri Ahmad Mansur ozod etildi, deb ma'lum qilinmoqda telekompaniya tvitterida.

Avvalroq Ahmad Mansur Misr so‘rovi bilan Germaniya huquq-tartibot muassasalari tomonidaan hibsga olingan edi. Qohira 52 yoshli muxbirning Misrga ekstraditsiya qilinishini talab qilgan.

Misr va Buyuk Britaniya fuqarosi hisoblanadigan Mansur “arab bahori” paytida qiynoqlar amalga oshirganlik aybi bo‘yicha Misrda sirtdan 15 yilga qamoq jazosiga mahkum qilingan.

Top