13:43 / 22.06.2015
2932

Bryuselldagi uchrashuvda O‘zbekistondagi narkovaziyat haqida ma'lumot berildi

Bryusselda “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” dialogi doirasida ekspertlar uchrashuvi tashkil qilindi. Unda O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi olib borilayotgan kurash haqida ma'lumot berildi.
Tadbir Latviyaning YeIdagi vakolatxonasi va YeI kengashi kotibiyati tomonidan tashkil etildi.

“Jahon” axborot agentligi tarqatgan ma'lumotlarga qaraganda, tadbirda YeI davlatlari ekspertlari, tashkilotning tegishli strukturalari vakillari, BMT giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi va boshqa tashkilotlar xodimlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston vakillari yig‘ilganlarga mamlakatda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishtirib chiqdi. Xususan, giyohvandlikka qarshi kurashda barcha ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy resurslar qo‘llanib kelinayotgani ta'kidlab o‘tildi.

Top