09:43 / 22.06.2015
5233

Buyuk Britaniyaning eng og‘ir vaznli kishisi hayotdan ko‘z yumdi

Buyuk Britaniyada 413 kg vaznga ega eng semiz odam Karl Tompson 33 yoshida hayotdan ko‘z yumdi, deb yozmoqda Kentonline portali.

Qayd etilishicha, Tompson uyida jonsiz holda topilgan.

Tompsonning qo‘shnisi qutqaruv xizmati uning jasadini uyidan tez yordam mashinasiga olib chiqishi uchun bir necha soat davomida uringanini aytgan.

Ma'lum bo‘lishicha, Tompson oxirgi 12 oyida umuman uyidan tashqariga chiqmagan.

Top