19:35 / 22.06.2015
4269

IShID safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan MDU talabasi Varvara Karaulova tergov tadbirlaridan keyin reabilitatsiyadan o‘tmoqda

Turkiyada IShID terrorchilik guruhiga qo‘shilmoqchi bo‘lishda gumon qilinib qo‘lga olingan Moskva Davlat universiteti talabasi Varvara Karaulovaga nisbatan olib borilgan tergov harakatlari yakunlandi, deb aytdi qizning oilasi advokati Aleksandr Karabanov. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

“Yangi tergov harakatlari bo‘lmadi va bo‘lmaydi ham. Varvara Moskvaga uchib kelgan kuniyoq barcha tushuntirishlarni berib o‘tgan”, deb aytdi advokat.

Advokatning aytishicha, ayni paytda qizni yollagan shaxslarni qidirish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda, qizning o‘zi esa reabilitatsiya kursidan o‘tmoqda va oilasi bilan muloqot qilmoqda.

Top