15:29 / 22.06.2015
2278

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ mevalar va sabzavotlar tashish bo‘yicha chegirmalarga ega bo‘ldi

«Qazaqstan temir joly» MK» AJ 2015 yil 26 maydan 31 avgustgacha Qozog‘iston Respublikasi hududidan tranzit bo‘lib o‘tadigan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ stansiyalaridan jo‘natiladigan, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ga qarashli refrijyerator seksiyalar va avtonom refrijyerator vagonlarida tashiladigan, meva-sabzavotlar va poliz mahsulotlarini tashishga chegirma e'lon qildi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, «O´zbektemiryo´lekspeditsia» UK bilan tashish bo‘yicha shartnomaga ega bo‘lgan «KTZ Express» orqali amalga oshiriladigan tashuvlarga Kozog‘iston Respublikasi hududi uchun tarif stavkalariga 30 foiz (ekspeditorlik tashkilotlari to‘lovlarini hisobga olinmagan holda) miqdorida chegirma taqdim etilgan.

Top