09:22 / 22.06.2015
2031

Varshava aeroportidagi reyslar xakerlik hujumi tufayli bekor qilindi

Polsha poytaxti Varshava shahridagi Frederik Shopen nomidagi aeroportdan amalga oshiriladigan reyslarning qoldirilishiga xakerlik hujumi sabab bo‘ldi. Bu haqda Radio Zet xabar qilgan.

Xakerlar yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish tizimini ishdan chiqarishgani aytilgan.

Qayd etilishicha, bu xakerlik hujumi 1400 nafardan ortiq yo‘lovchiga ta'sir qilgan.

Top