14:32 / 23.06.2015
1988

Chilonzorda ikki mashina talonchisi qo‘lga olindi

Toshkentning Chilonzor tumanida 1990 yil tug‘ilgan, mashinalarni talon qilish bilan shug‘ullanib kelgan Komil Safarov va Bahrom Suvonovlar qo‘lga olindi.
Tuman prokuraturasi katta tergovchisi mayor Maqsuda Sultonova bergan ma'lumotga ko‘ra, ular Chilonzordagi “Afro‘z” to‘yxonasi oldiga VAZ 2101 mashinasida kelib, chekkaroqda turgan oq rangli Matiz mashinasining eshigini buzishgan va salonda turgan sumkani ichidagi buyumlar bilan birgalikda o‘g‘irlib ketishgan. Mashina egasiga yetkazilgan umumiy ziyon deyarli 500 ming so‘mni tashkil qilgan.

Bir necha kundan so‘ng do‘stlar Uchtepa tumanida qarovsiz qoldirilgan VAZ 2106 mashinasida ham xuddi shunday ishlarni amalga oshirib, 230 ming so‘mlik qimmatliklarni o‘g‘irlashgan.
Shu joyning o‘zida turgan oq rangli Spark mashinasidagi sumkadan 170 ming so‘m naqd pul o‘g‘irlashgan.
Jabrlanuvchilarning IIBga bergan arizalari asosida surishtiruv ishlari olib borilib, ikki yosh talonchi tez orada qo‘lga olindi.

Top