18:07 / 23.06.2015
2702

Yevropa o‘yinlarida belaruslik sambochi jarohat olgan raqibini yelkasiga ortgan holda gilamni tark etishiga yordam berdi

Bokuda bo‘lib o‘tayotgan Yevropa o‘yinlarida haqiqiy Olimpiya o‘yinlari ruhiyati hukm surmoqda.

Sambo bo‘yicha final uchrashuvida belaruslik sambochi Stepan Popov o‘zining mag‘lub bo‘lgan hamda oyog‘idan jarohat olgan raqibi – ozarboyjonlik Islom Qosimovga gilamni tark etishiga yordam berdi.

Popov uni yelkasiga ortgancha tashqariga olib chiqib ketdi.

Top