06:54 / 23.06.2015
1615

Obama Charlston cherkovidagi terakt qurboni bo‘lgan ruhoniyning dafn marosimida qatnashdi

AQSh prezidenti Barak Obama va mamlakat vitse-prezidenti Jo Bayden "nafrat jinoyati" qurboni bo‘lgan Charlstondagi cherkov ruhoniysi Klement Pinknining dafn marosimida ishtirok etishdi. Bu haqda Reyter xabar bergan.

Qayd etilishicha, davlat rahbari yig‘ilganlarga qarata nutq so‘zlagan.

Biroz oldinroq, Obama marhum ruhoniy bilan yaqindan tanish bo‘lgani ma'lum qiligandi.

Eslatib o‘tamiz, 18 iyun kuni Janubiy Karolina shtatidagi Charlston shahrining qora tanlilar ibodat qiladigan cherkoviga 21 yoshli oq tanli Dilan Ruf bostirib kirib, yig‘ilganlarni o‘qqa tutgan va 9 kishini o‘ldirgandi. Klement Pinki o‘sha qurbonlardan biri edi.

Top