07:54 / 23.06.2015
2356

Obama Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi

Oq uy AQSh kongressiga AQSh prezidenti Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirgani haqidagi xabarnoma yubordi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Obama sanksiyalarning uzaytirilishi sababi sifatida Koreya yarimorolida yadroviy moddalarning mavjudligi va tarqalishi xavfi borligi hamda mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtiruvchi hukumatning harakatlarini keltirdi.

Obamaning aytishicha, Shimoliy Koreya AQSh qurolli kuchlari va ularning ittifoqchilari va savdo hamkorlariga hamda AQShning milliy xavfsizligi va iqtisodiyotiga xavf solmoqda.

Top