09:36 / 23.06.2015
1884

O‘rta Yer dengizida migratsiya muammolarini hal qilish bo‘yicha harbiy operatsiya boshlanmoqda

Yevropaning migratsiya muammolarini hal qilishga qaratilgan O‘rta Yer dengizidagi harbiy operatsiyasi zudlik bilan boshlanadi, biroq uning keyingi bosqichlari BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan ma'qullanishi talab etiladi.

Bu haqda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Filip Xammond ma'lum qildi.

“Bu operatsiya bir necha bosqichlarga bo‘linadi, albatta bizga operatsiyaning keyingi bosqichlarini amalga oshirish uchun BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi talab etiladi, biroq uning boshlang‘ich bosqichi zudlik bilan boshlanadi”, deb aytdi Lyuksemburgda Filip Xammond Yevropa davlatlari Tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvdan keyin.

Yevropa sohillari bo‘yida shu yilning boshidan beri 1,7 ming muhojirning halok bo‘lganiga javoban o‘tkazilayotgan harbiy operatsiyaning dastlabki bosqichida Yevropaga odamlarni o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy tarmoqlarni aniqlash va kuzatish ishlari olib boriladi. Keyingi bosqichlarda Yevropa kuchlari kontrabandachilarning kemalarini qo‘lga olish va ularni hattoki Liviya hududiy suvlarida yo‘q qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Buning uchun Afrika va Yaqin Sharqdagi ko‘p sonli to‘qnashuvlardan qochayotgan muhojirlarning ko‘pchiligi Yevropaga jo‘nab ketadigan Liviya hukumati, balki BMT Xavfsizlik kengashi ruxsati ham zarur bo‘ladi.

Top