18:23 / 23.06.2015
2448

O‘zbekiston lyuteran cherkovi rahbari vafot etdi

Toshkentda O‘zbekiston Yevangeliye-Lyuteran cherkovi yepiskopi Korney Vibe 59 yoshida vafot etdi. Bu haqda Interfaks agentligiga respublika din ishlari qo‘mitasi matbuot xizmati ma'lumot berdi.
Vibe O‘zbekistonda Lyuteran cherkoviga asos solgan ko‘zga ko‘ringan din arbobi edi. Shuningdek, respublika bibliya jamiyatini ham u tashkil qilgan edi.
1993 yildan buyon ishlayotgan cherkov 8 jamoaga bo‘lingan bo‘lib, o‘zbekistonlik nemislarni birlashtiradi.

Top