13:09 / 23.06.2015
2597

Toshkentdagi Singapur instituti ikkita yangi dasturni ishga tushirdi

Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti 2015/2016 o‘quv yilida bakalavriat va magistratura uchun yangi dasturlarni ishga tushiradi. Bu haqda institut dekani Venkatesh Naganatan ma'lum qildi.
Bakalavriat uchun “Amaliy turizm va mehmonxona menejmenti” dasturi ishga tushirilgan bo‘lib, u Buyuk Britaniyaning Bangor universiteti tomonidan taqdim qilingan.
Magistratura uchun “Xalqaro turizm va mehmonxona menejmenti” dasturini Britaniyaning yana bir oliygohi – Sanderlend universiteti taqdim etdi.
Ushbu dasturlarni bitirgan talabalar tilga olingan oliygohlarning diplomlarini olishga muvaffaq bo‘ladi.

Top