19:17 / 23.06.2015
1906

Ukraina JAR va Qozog‘iston bilan ko‘mir import qilish bo‘yicha kelishib oldi

Ukraina Janubiy Afrika Respublikasidan va Qozog‘istondan ko‘mir import qilish bo‘yicha kelishuvlarga ega, deb xabar bermoqda Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Valeriy Voshchevskiy.

“Ehtimol shart biz Donbassdan ko‘mir olishning bir qator boshqa muqobil variantlarini ko‘rib chiqmoqdamiz. Bugungi kunda JAR va Qozog‘istodan ancha arzon narxdagi ko‘mir import qilish bo‘yicha kelishuvlarga egamiz. Buni amalga oshirishni istamasdik, biroq agar Donbassdan ko‘mir olib chiqishda muammolar vujudga kelsak, biz buni amalga oshirishga majbur bo‘lamiz”, deb aytdi Voshchevskiy.

Avvalroq Ukraina Energetika va ko‘mir sanoati vaziri Vladimir Demchishin Ukraina har kuni Kiyev nazoratida bo‘lmagan Donbassdagi hududlardan 15-20 ming tonna ko‘mir olib chiqayotganini ma'lum qilgan edi.

Top