13:30 / 24.06.2015
1654

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2015 yilning 23 iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida «Huawei Technologies Co., Ltd.» (XXR) kompaniyasining Biznes va tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha konsalting prezidenti Pol Maykl Skanlan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Pol Maykl Skanlan 24 iyun kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Davlat boshqaruvini modernizatsiyalash va jamiyatni demokratlashtirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining roli” mavzuida xalqaro davra suhbati munosabati bilan mamlakatimizda mehmon bo‘lib turibdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining davlat boshqaruvi va xo‘jalik organlarida joriy qilinishi yuzasidan amalga oshirilayotgan loyihalar, jahon miqyosida AKTning rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.

Top