18:05 / 24.06.2015
1941

Yelizaveta II va Angela Merkel Berlinda qayiqda sayr qilishdi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va Germaniya kansleri Angela Merkel Berlinda qayiqda sayr qilishdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Qirolicha Germaniyaga uyushtirgan 3 kunlik tashrifi davomida Merkel bilan uchrashdi va Shpreye daryosi bo‘ylab u bilan birgalikda qayiqda sayr qildi.

Yelizaveta II va uning turmush o‘rtog‘i shahzoda Filipp prezident saroyida bo‘lib, Germaniya prezidenti Yoaxim Gauk bilan uchrashishdi va mehmonlar kitobida o‘z istaklarini yozib qoldirishdi.

26 iyun kuni qirolicha va uning turmush o‘rtog‘i Berlin aholisi bilan uchrashishni va Bergen-Belzendagi sobiq natsistlar konsentratsion lageriga tashrif buyurishni rejalashtirishmoqda.

Top