16:23 / 24.06.2015
2433

Jonni Depp sevimli kuchuklariga tahdid mavjud bo‘lgan Avstraliyaga hech qachon bormasligi aytildi

Gollivud juftligi Jonni Depp va Ember Xerd biroz oldinroq Avstraliyaga olib borgan kuchuklari tufayli muammoga duch kelishgani sababli, bundan keyin "yashil qit'a"ga bormasliklarini bildirishdi.

Bu haqda Ember Xerd "Super Mayk XXL" filmining taqdimoti munosabati bilan o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida ma'lum qilgan. U istehzo bilan "ba'zi siyosatchilar"ga "o‘z minnatdorchiligi"ni bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi oxirida Jonni Depp va Ember Xerd Avstraliyaga borishganida ikki zotdor itlarini o‘zlari bilan olishgan, lekin Avstraliya hukumati bu jonivorlarning noqonuniy yo‘l bilan olib kirilganini iddao qilgach, bu juftlik sudga berilish tahdidi ostida zudlik bilan mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgandi.

Top