22:51 / 24.06.2015
3231

Kreml Armanistonga tinchlik tilab qoldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva Armanistonga tinchlik va farovonlik tilab qolishini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Biz Armanistonda amaldagi qonunchilikka qat'iy amal qilgan holda barcha masalalarga javob topilishiga umid bildiramiz. Armanistonga tinchlik, farovonlik va hozirda bu davlatda mavjud kelishmovchiliklar tez orada barham topishini tilab qolamiz”, deb aytdi Peskov.

Peskovning aytishicha, ikkala davlat orasida yaqin aloqalar o‘rnatilgan.

Avvalroq Yerevan politsiyasi shaharning Bagramyan ko‘chasidagi namoyish ishtirokchilarining tarqalishini so‘ragani ma'lum qilingandi.

Top