16:02 / 24.06.2015
2149

Lukashenko Belarus Xavfsizlik kengashining bosh kotibini ishdan bo‘shatdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Xavfsizlik kengashining bosh kotibi Aleksandr Mejuyevni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda "BelTA" xabar bergan.

Qayd etilishicha, Mejuyev o‘z xohishiga binoan iste'foga chiqarilgan.

"Belarus prezidenti Xavfsizlik kengashi bosh kotibi Aleksandr Mejuyevni oilaviy muammolari kelib chiqqani tufayli o‘z iltimosiga ko‘ra iste'foga chiqardi", deyiladi xabarda.

Top