15:30 / 24.06.2015
2301

Namanganda tovlamachilik va chorva o‘g‘irlash bilan bog‘liq jinoyatlar soni oshdi

Joriy yil boshidan Namangan viloyatida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10taga kam, ya'ni 1892ta jinoyat sodir etildi. Biroq tovlamachilik va chorva mollari o‘g‘irlash bilan bog‘liq huquqbuzarliklar soni oshdi.

Bunday ko‘rinishdagi huquqbuzarliklar mos ravishda 149 va 49ta holatni, ya'ni o‘tgan yilga nisbatan mos ravishda 27 va 17ta ko‘proqni tashkil etdi.

Ta'kidlanishicha, ba'zida chorva egalarining o‘zi ham chorvalarini nazoratsiz dalalarda, yo‘l chetida o‘tlashga qoldirib chorva o‘g‘rilariga yordam bermoqdalar. Bundan tashqari, yomon himoyalangan molxona va qo‘yxonalarga kirish o‘g‘rilar uchun hech qanday murakkablik tug‘dirmaydi.

Tovlamachilik bilan bog‘liq jinoyatlarning ko‘payishiga ko‘pchilik avtomobil egalari o‘z mashinalarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan, oldi-sotdi kelishuvini notariusda rasmiiylashtirmagan holda sotadilar va keyin pullarini ololmay yugur-yugur qiladilar. Ko‘pincha bunday fuqarolar pixini yorgan vositachi-tovlamachilarning qarmog‘iga tushadilar.

Shuningdek, yil boshidan giyohvand moddalar bilan bog‘liq 139ta huquqbuzarlik aniqlangan, 127ta jinoiy ish qo‘zg‘atilib, umumiy miqdorda 2,184 kg.ni tashkil qiladigan turli giyohvand moddalar musodara qilingan. Ulardan 26tasida alohida katta miqdorda giyohvand moddalar musodara qilingan va 8ta narkoguruh faoliyatiga chek qo‘yilgan. Bu borada eng ko‘p jinoyatlar giyohvand moddalar o‘stirish bilan bog‘liq, ya'ni 50ta, ularni sotish va saqlash bilan bog‘liq 38tadan jinoyat qayd etilgan. Xorijdan bor-yo‘g‘i bitta giyohvand moddalar kontrabandasi holati aniqlangan.

Top