18:26 / 24.06.2015
2220

Parij AQShdan telefonlarni tinglash to‘xtatilishini kafolatlashni talab qilmoqda

Fransiya hukumati AQSh prezidenti Barak Obamadan mamlakat maxsus xizmatlari Fransiya rahbar xodimlarining telefonlarini tinglashni to‘xtatganliklarini kafolatlashni so‘ramoqda. Bu haqda sobiq bosh vazir va senator Jan-Per Raffaren ma'lum qildi.
“Biz bu borada kafolatlarni istaymiz va AQSh prezidentiga bu borada murojaat qilamiz, hukumatimiz tinglanmayotganidan amin bo‘lishimiz kerak”, – dedi Raffaren parlament faollarining prezident Fransua Olland bilan uchrashuvi yakunlariga ko‘ra bergan bayonotida.
AQSh milliy xavfsizlik agentligi Fransiyaning oxirgi uch prezidentini (Jak Shirak, Nikolya Sarkozi, Fransua Olland) kuzatib yurgani, qo‘ng‘iroqlarini eshitgani ma'lum bo‘lgan edi. Bu haqdagi hujjatlar WikILeaks portalida e'lon qilindi. 2014 yili Ollandning AQShga safari chog‘ida ushbu mamlakat rasmiylari kuzatuv ishlarini bas qilishga va'da bergandi.

Top