06:18 / 24.06.2015
1867

Tataristonlik qozoqlar Qozon ko‘chalaridan birini Nazarboyev ismi bilan atashni so‘rashmoqda

“Qozog‘iston” Tatariston qozoqlari milliy-madaniy muxtoriyati Qozondagi ko‘chalarning biriga Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning ismi qo‘yilishi tashabbusi bilan chiqdi, deb xabar bermoqda “Olma-ota” telekanali.

Muxtoriyat raisi Said Jaksibayev Qozon meri Ilsur Metshinga ushbu haqda tegishli maktub yo‘lladi.

Qozon meriyasida ushbu tashabbus shahar ta'limi toponomika komissiyasi tomonidan o‘rganilib chiqilgani va yakuniy qaror Qozon shahri ijroiya qo‘mitasi tomonidan qabul qilinishi aytildi.

Top