09:57 / 25.06.2015
1802

AQSh bosh kotibi Fransiya prezidentining qo‘ng‘iroqlari kuzatilganini inkor qildi

AQSh bosh kotibi Jon Kerri mamlakat maxfiy xizmatlari tomonidan Fransiya prezidenti Fransua Ollandning hamda boshqa siyosatchilarning qo‘ng‘iroqlari kuzatilganini inkor qildi. Bu haqda Reuters ma'lum qilmoqda.
“Biz prezident Olland singari do‘stlarimizga qarshi ishlamaymiz. Agar milliy xavfsizlik masalasi kun tartibida bo‘lmasa, biz xorijda hech qanday operatsiyalar o‘tkazmaymiz”, – ta'kidlab o‘tdi Kerri.
Ilgariroq WikiLeaks portali AQShning milliy xavfsizlik agentligi Fransiya prezidentlari Jak Shirak, Nikolya Sarkozi va Fransua Ollandlarning qo‘ng‘iroqlarini tinglagani haqidagi hujjatlarni e'lon qilgan edi.

Top