18:37 / 25.06.2015
2080

Detroytda 112 km/soat tezlikda kelayotgan mashina beshta bolani urib ketdi

AQShning Detroyt shahrida mudhish avtohalokat sodir bo‘ldi. Politsiyadan qochayotgan haydovchi 112 km/soat tezlikka chiqib, nazoratni qo‘ldan boy berdi va piyodalar guruhiga kelib urildi. Natijada ikkita bola halok bo‘ldi, yana uchtasi, shuningdek, bitta o‘rta yoshli odam jarohat oldi, deb xabar beradi Associated Press.

Politsiya jinoyatchining ortidan 75 soniya davomida quvib bordi. Politsiya mashinasi ancha ortda qolganidan so‘ng ham jinoyatchi tezlikni tushirmadi, buning natijasida fojia sodir bo‘ldi.
Mashina to‘xtagach, politsiya uning ichidagi ikki kishini hibsga oldi. Mashinadagilardan birining quroli bo‘lgani aytilmoqda.

Top