18:25 / 25.06.2015
1537

Filippinda CNN xodimi otib ketildi

Filippinda CNN telekanalining mahalliy bo‘limi operatorining yordamchisi otib ketildi. Bu haqda Inquirer nashri politsiya rahbari Kavite Jonela Estomoga tayangan holda ma'lumot berdi.
Voqea Imus shahrida sodir bo‘ldi. Noma'lum shaxslar 29 yoshli Jonatan Oldanning boshiga bir necha marta o‘q uzgandan so‘ng qochib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

Top