15:23 / 25.06.2015
1847

Hindistondagi yomg‘irlar tufayli suv toshqini yuz berishi natijasida 45 kishi halok bo‘ldi

Hindiston g‘arbidagi Gujarot shtatida davom etayotgan kuchli jala tufayli yuz bergan suv toshqinlari tufayli halok bo‘lganlarning soni 45 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda India TV telekanali xabar bergan.

Bu tabiat hodisasi hududda yuz berayotgam musson mavsumi bilan bog‘liqligi aytilgan. Kuchli yomg‘irlar tufayli hududdagi daryo o‘z o‘zanidan toshib ketgan.

Ayni vaqtda bir qancha aholi yashash punktlarida transport va elektr ta'minoti bo‘yicha uzilishlar ro‘y bergan. Bu hududlarga ichimlik suvi va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazish qiyinlashgan.

24 iyun kuni Bagasar shahri yaqinidagi qishloqlardan birida uylarni suv yuvib ketishi tufayli 13 kishi halok bo‘lgan. Qutqaruvchilar bu qishloqdan 85 kishini o‘limdan saqlab qolishgan.

Qutqaruv ushlarida Hindiston Harbiy-havo kuchlari va armiya askarlari ishtirok etmoqda. Bu jarayonga vertolyotlar orqali Amreli tumani hududidagi avtobusning 44 yo‘lovchisi qutqarib olingan. Avtobusdagi 2 kishi cho‘kib ketgan, yana 5 kishi bedarak yo‘qolgan.

Ayni vaqtda Amreli, Radjkot, Bxanvagar va Gir-Somnatx shaharlaridagi aholi uylarini tark etishga majbur bo‘lmoqda. Radjkot shahrining o‘zidan 4100 nafar kishi ko‘chirilgan.

Meteorologlar kuchli jala yog‘ishi yana kamida 3 kun davom etishini taxmin qilishgan.

Top