12:44 / 25.06.2015
5191

IShID Kobaniga hujum qildi

IShID jangarilari Suriyaning Turkiya chegarasiga yaqin joylashgan Kobani shahriga hujumlarni boshladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Terrorchilar avtomobini portlatib, shaharga uch tomondan hujumni boshladi. Qurbonlar soni hozircha ma'lum emas.
Kurd ko‘ngillilari shaharni IShIDdan yanvar oyida tortib olgan edi. Ular shaharni nazorat qilishda davom etmoqda.

Top