16:44 / 25.06.2015
5663

IShIDga a'zo bo‘lgan Rossiyalik ayol Ukrainaga soxta O‘zbekiston pasporti bilan o‘tganda qo‘lga olindi

Ukraina xavfsizlik xizmati IShIDning Dnepropetrovskdagi bo‘linmasida ikkita rossiyalik ayol borligini aniqladi. Bu haqda tashkilotning matbuot xizmati xabar berdi.
Dnepropetrovskda fosh qilingan terrorchi guruhga a'zo bo‘lgan ikik ayol ilgari Turkiya va Misrdan shunday ayb bilan chiqarib yuborilgani aniqlandi. Ular Rossiyadan Ukrainaga noqonuniy ravishda kelib, Turkiya orqali Suriyaga ketish uchun soxta hujjatlar tayyor bo‘lishini Dnepropetrovskda kutgan.
Ayollardan biri soxta O‘zbekiston pasportiga ega bo‘lgan. Hujjatdan shubhalangan huquq-tartibot xodimlari uni qo‘lga olgan. Tintuv chog‘ida ayolning yonidan diniy mavzudagi qo‘lyozmalar topilgan.
Pasportni soxtalashtirgan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Uning sherigi esa o‘z vataniga yoki uchinchi davlatga chiqarib yuboriladi.

Top