10:38 / 25.06.2015
4871

Kavani chililik hiylagar futbolchining "qurboni" bo‘ldi

25 iyun kuni Amerika Kubogi-2015 doirasida o‘tkazilgan Chili va Urugvay terma jamoalari bahsining 63-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Xara raqiblar hujumchisi Edinson Kavaniga hali jahon futboli tarixida sinab ko‘rilmagan ig‘voli harakatni qo‘lladi.

U Kavanining ortidan kelib, uning orqasiga barmog‘ini tiqib oldi, bundan hayron bo‘lgan hujumchi ortiga yuzlangach esa Xara yuzini qo‘llari bilan ushlab, yiqilib oldi. Uning bu simulyatsiyasini ko‘rmagan o‘yin hakami Edinson Kavanini qizil kartochka bilan jazoladi. O‘yinda bir kishi kam bo‘lib qolgan urugvayliklar esa o‘yin oxiriga gol o‘tkazib yuborib, musobaqani tark etishdi.

Ayni vaqtda butun dunyo bo‘ylab ijtimoiy tarmoqlarda futbol muxlislari bu vaziyatni muhokama qilishmoqda va chililik hiylagar jazolanishini hamda adolat tiklanishini istashmoqda.

Top