11:09 / 25.06.2015
1671

"Manchester Yunayted" Ramosga 5 yil davomida 55 mln yevro maosh to‘lamoqchi

"Manchester Yunayted" jamoasi rahbariyati "Real" himoyachisi Serxio Ramosni jamoaga olib kelish uchun navbatdagi taklifni ishlab chiqdi.

AS nashri xabariga ko‘ra, "MYu" bu futbolchi uchun 5 yil davomida 55 mln yevro maosh berishga tayyor.

Xabarda aytilishicha, unga birinchi yilda 12 mln yevro beriladi va keyingi yillarda har safar maosh miqdori 500 ming yevroga kamaytirib borilib, shartnomaning oxirgi yilida 10 mln yevrolik ko‘rsatkich qoladi.

Biroz oldinroq, Ramos "Real"dan yiliga 10 mln yevrolik maosh talab qilgani, ammo jamoa prezidenti Florentino Peres bunga rozi bo‘lmagani xabar qilingandi.

Top